Янгиликлар
17
Adliya xabari
#adliya_xabari
OLIY SUD VA NOTARIAL PALATA O‘RTASIDA HAMKORLIK
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda O‘zbekiston Notarial palatasi o‘rtasida 2025-yil 4-sentabr kuni o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
???? Ushbu kelishuv doirasida joriy yilning 16 - oktabr kuni viloyat adliya boshqarmasida “Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishda sud va notariatning hamkorligi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Tadbirlar davomida sud va notariat organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.