Янгиликлар
16
Ochiq_adliya
#adliya_xabari
Qashqadaryoda davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga - joriy yilning 9 oyi davomida 1 571 404 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.
2025-yilning 9 oyi davomida tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga jami 1 571 404 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.
Shundan:
853 497 tasi — bevosita markazlarga murojaat qilgan fuqarolarga,
717 907 tasi — onlayn tarzda (YaIDXP orqali) ko‘rsatilgan xizmatlardir.
Viloyat miqyosida eng ko‘p davlat xizmatlari quyidagi hududlarda ko‘rsatilgan:
Qarshi shahri — 274 408 ta,
Koson tumani — 114 875 ta,
Kitob tumani — 114 600 ta.
Aholiga, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 9 oyi davomida jami 23 760 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatilgan.
Mazkur natijalar davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, raqamli texnologiyalar orqali qulaylik yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.