Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya xabari


#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Bugun “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Adliya boshqarmasi tomonidan "Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi"da "Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi!

Uchrashuvda ushbu oylikni o‘tkazish maqsadi, mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ularning himoyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida ham, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Seminarda:
Hayotiy misollar,
Qiziqarli savol-javoblar,
va eng muhimi – ijodkorlikka nisbatan mas’uliyatli yondashuv haqida suhbatlar bo‘ldi.