Янгиликлар
08
#adliya_xabari
Qashqadaryoda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat Ma’naviyat maskanida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” DM Qashqadaryo viloyat bo‘limi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.