Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Notariat sohasida islohotlar


#adliya_xabari

NOTARIAT SOHASIDA ISLOHOTLAR

Bugun Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov viloyatdagi  xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ–280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda ularning amaliy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish amalga oshirish mexanizmi tushuntirildi.

Shuningdek, notariuslar uchun yangi vakolatlar va ijro hujjatlari  joriy etilishi va ayrim holatlarda hujjatlarning asl nusxasini talab qilish tartibini kamaytirish hamda xizmat sifati va fuqarolarga qulaylikni oshirish bo‘yicha viloyat boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.