Янгиликлар
30
Adliya xabari
#Adliya_xabari
Qarshi shahrida "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida tadbir bo'lib o'tdi.
Qarshi shahridagi 7 - umumtaʼlim maktabida ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “O'qituvchilarga ehtirom” deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yana-da oshirish, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida tushuntirishlar berishdan iborat.
Tadbirda o‘qituvchilarning sharafli va mashaqqatlari mehnatlari eʼtirof etilib, ulardan bir guruhiga viloyat adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.
"O'qituvchilarga ehtirom" tadbiri davomida 30 nafardan ortiq o'qituvchiga birlamchi tibbiy xizmat va 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Qabul davomida 30 nafar o'qituvchiga tegishli huquqiy tushuntirish berilib, 3 nafarining murojaati ish yurituvga qabul qilindi.