Янгиликлар
21
Baxtli oila sirlari
“Baxtli oila sirlari” — yosh nikohlanuvchi kelin-kuyovlar uchun davra suhbati
Kitob tumani FHDY bo‘limi binosida yosh nikohlanuvchi kelin-kuyovlar uchun “Baxtli oila sirlari” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — yangi oila qurgan juftliklarga mustahkam, sog‘lom va baxtli oila asoslarini yetkazish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beruvchi amaliy ko‘nikma va maslahatlarni taqdim etishdan iborat edi.
Davra suhbatida yosh nikohlanuvchi juftliklar, ijtimoiy himoya xodimlari, oilaviy psixologlar va mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbir rasmiy ochilish so‘zidan so‘ng interaktiv tarzda olib borildi va ishtirokchilarning faol ishtiroki bilan kechdi.
????https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya