Янгиликлар
17
Kiberxafsizlik
#adliya_targ’ibot
✅ (https://t.me/tv_qashiib) “Xavfsiz kiber makon” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari keng qamrovda olib borilmoqda.
Viloyat bo‘ylab huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan Respublika miqyosida 2025-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha o‘tkazilayotgan “Xavfsiz kiber makon” oyligi doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bugun AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETIda o’quvchi talabalar uchun viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirlar davomida talabalarga internet ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalgan firibgarlik va kiberjinoyatlar, bank kartalaridan noqonuniy foydalanish, onlayn savdolarda aldamchilik, turli zararli havolalar orqali mablag‘larni talon-toroj qilish kabi holatlar haqida batafsil tushuntirilib, ulardan himoyalanish usullari keng tushuntirildi.
????https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya