Янгиликлар
16
Adliya aralashgach
????ADLIYA ARALASHUVI BILAN XODIMLARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.
✅Chiroqchi tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi 32-sonli maktabining sobiq direktori M.A va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Slarning foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati o‘rganildi.
⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 76 117 000 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari tuman MMTB tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.
????Holat yuzasidan Adliya bo'limi tomonidan tuman MMTBga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarini to'lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
????Natijada, fuqaro M.A va O.Slarning foydasiga 76 117 000 so‘m foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.
????https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya