Янгиликлар
12
Adliya aralashgach
#adliya_aralashgach
????ADLIYA ARALASHGACH O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.
✅Nishon tuman adliya bo’limi tomonidan Nishon tumani 26-maktab o'qituvchilari Y.A va D.Xlarning bir martalik boshlang‘ich yordam pullari va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati o‘rganildi.
⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 37 500 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam va 7 500 000 so‘m miqdordagi uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.
????Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro Y.A va D.Xlarning foydasiga jami 57 500 000 so‘m boshlang‘ich yordam va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari undirilishi ta’minlandi.