Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqiy mahalla


#adliya_aralashgach

ADLIYA ARALASHGACH XODIMNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.

Shahrisabz shahar adliya bo’limi tomonidan Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari S.R va boshqalarning ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligidan noroziligi to‘grisidagi murojaati o‘rganildi.

⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 2018-yilning 1-yanvar kunidan 2024-yilning 1-may kunigacha to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 166 821 064 (bir yuz oltmish olti million sakkiz yuz yigirma bir ming oltmish to‘rt) so‘m pul mablag’lari to’lanmaganligi aniqlandi.

????Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan  Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro S.R va boshqalarning foydasiga jami 166 821 0604 so‘m ustama pullari undirilishi ta’minlandi.