Янгиликлар
05
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi_aksiyasi
90 yoshli onaxonning huquqi tiklandi!
Koson tumani, markazidan 70 km uzoqlikdagi "Xo‘jaquduqda" yashovchi 90 yoshli onaxon — Toshmurodova Eshbuvining tug‘ilganlik guvohnomasi qayta tiklab berildi.
Masofa uzoqligi sabab, Onaxon uzoq yillar davomida hujjatsiz qolib ketgan edi. Endilikda u o‘zining asosiy huquqiy hujjatiga ega bo‘ldi.
Bu ezgu ish “Hech bir fuqaro hujjatsiz qolmaydi” tamoyilining amaldagi yorqin namunasidir.