Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Targ'ibot


Qashqadaryoda 937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Joriy yilning 29-avgust kuni Qashqadaryo vioyat prokuraturasida adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda vakolatli tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirokida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokamada adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Raximov tomonidan xatlovning belgilangan Rejadan ortda qolayotganligi, vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosalar berish jarayonida muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilayotganligi, soliq qarzdorligini undirish talab darajasida emasligi hamda fuqarolar tomonidan bir martalik to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha "mahalla yettiligi" a‘zolari tomonidan tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda bu yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.