Янгиликлар
25
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Homiylik xayriyalarini yig'ishning aniq tartibi belgilandi
Qonun (O'RQ–1083-son, 21.08.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
???? Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish:
➖ BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
???? Shuningdek, homiylik xayriyalarini yig'ish tartibini buzish:
➖ fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi ko'zda tutildi.
???? Bundan tashqari, homiylik xayriyalarini yig'ish tartibi aniq belgilandi.
⏳ Unga ko'ra, homiylik xayriyalarini yig'ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko'zlab, oldindan e'lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.