Янгиликлар
11
Adliya hudud
#adliya_hudud
Yakkabog'da fuqarolar bilan ochiq muloqot va huquqiy maslahatlar tadbiri
Kuni kecha Yakkabog' tuman adliya bo'limi xodimlari ishtirokida Uchtepa mahallasinida sayyor qabul tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi, ularning huquqiy savol va muammolari tinglandi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son Qarori hamda PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyati aholiga sodda va tushunarli tarzda izohlab berildi.
Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi, mavjud muammolarni joyida hal etish bo'yicha choralar ko'rildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda adliya va davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirishdan iborat bo'ldi.