Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”


“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”

Joriy yilning  7 avgust kuni Adliya vazirligi va  Hisob palatasi mas'ullari tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan o'quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Adliya vazirligi va Hisob palatasi mas'ul xodimlari  tomonidan yangi qabul qilingan Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirilib,  ijro intizomini mustahkamlash yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tildi.

Tadbir davomida soha vakillari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash jarayonlari yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya