Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Sayyor qabullar


Shahrisabz shahrida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi!

????Bugun, 2025-yil 1-avgust kuni Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan Oqsaroy mahallasida sayyor xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

???? Ushbu tadbir davomida mahalla aholisi uchun 30 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari joyida, tez va qulay tarzda ko‘rsatildi. Sayyor xizmatlar orqali fuqarolar:

ID karta olish va almashtirish,

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish,

Nikoh va ajrimni qayd etish,

ERI (elektron raqamli imzo) olish,

Notarial harakatlar bo‘yicha huquqiy maslahat olish

kabi ko‘plab xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.

✅ Tadbirning asosiy maqsadi aholiga davlat xizmatlarini ularning yashash joyida taqdim etish orqali vaqt va mablag‘ni tejash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.

???? Shahrisabz shahar DXM tomonidan bunday sayyor xizmatlar muntazam ravishda boshqa mahallalarda ham davom ettiriladi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya