Янгиликлар
30
IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI
“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”
Joriy yilning 30 iyul kuni Hisob palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi, tuman(shahar) hokimliklari hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Adliya vazirligi va Hisob palatasi hamda boshqa mas'ullar tomonidan yangi qabul qilingan Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ijro intizomini mustahkamlash yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tildi.