Янгиликлар
29
Adliya xabari
#adliya_xabari
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil 2- chorak yakunlariga bagʻishlangan navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, dastlab, boshqarma boshligʻi S.Nuriyev adliya organlarining oʻtgan davrdagi faoliyati samaradorligi yuzasidan toʻxtalib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, kelgusida ularni oldini olish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarma boshligʻi oʻrinbosari T.Imomberdiyevning axboroti eshitildi.
Majlisda 6 oylik faoliyat natijalari: yutuqlar va kamchiliklar baholanib, muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Joylardagi mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi.