Янгиликлар
25
Adliya xabari
Adliya tizimidagi islohotlar va muammolar joyida o‘rganilmoqda.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Raximov tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugun Chiroqchi tumani adliya bo‘limiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida xodimlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning ish faoliyati va yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Xodimlar bilan savol-javob qilinib ularning huquqiy bilim va saviyasini doim oshirib borish va o’zini ustida ishlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi va bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar, mahallarda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan targ’ibot tadbirlari hamda energiya tejamkorligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.