Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya hudud


Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari S.Raximov Muborak, Koson hamda Ko'kdala tuman adliya bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hududlardagi uchrashuvlar davomida  adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan suhbatlashilib ularning takliflari eshitildi.

Bundan tashqari, Muborak tumanidagi  "Bobur" mahallasida bo'lib  "Huquqiy mahalla" doirasida hokim yordamchisi tomonidan "Onlayn mahalla" platformasiga  muammolarni kiritishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha huquqiy yo'nalishlar berildi.

Shuningdek,  Adliya vazirligi tomonidan  "Onlayn mahalla" platformasiga yuborilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan mahalla yettiligi tomonidan o'z vaqtida tanishib borilishi ko'zdan kechirilib, yo'l qo'yilayotgan xatolarni to'g'irlash bo'yicha tafsiyalar berildi.