Янгиликлар
22
Adliya hudud
#adliya_hudud
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Raximovning hududlarda o’rganishlari davom etmoqda.
Bugun Dehqonobod , G’uzor va Qamashi tumanlaridagi adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat markazlari, DXM va FHDY bo‘limlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ish sharoiti, tartib-intizomi va ijtimoiy holati tahlil qilindi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tashrif chog‘ida e’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalishlar, PF-80-sonli Prezident farmoni ijrosi,“Adliya mahalla”, “Huquqiy mahalla” va “Onlayn mahalla” tizimidagi ishlar, O‘RQ-937-son Qonun yuzasidan to‘lovlarni kechiktirayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari, Yoshlar bilan ishlash holati, PQ1-sonli qaror ijrosi hamda Energiya tejamkorligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari ko'zdan kechirildi.