Янгиликлар
19
Adliya hududlarda
#adliya_hudud
Huquqiy targ‘ibot tadbiri – “Jasorat maktablari” va bandlik masalalari muhokamada
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-sonli farmoni – “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
???? Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 3636-sonli qo‘shma qarori asosida tashkil etilgan “Jasorat maktablari” faoliyati, u yerga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi yuzasidan xodimlarga keng qamrovli ma’lumotlar berildi.