Янгиликлар
18
Adliya kuni
#Adliya_xabari
OLIS HUDUDLARDA “ADLIYA KUNI”
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Kitob tumanining "Qaynar" MFYsida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida "Adliya kuni" tadbiri o'tkazildi.
Mazkur tadbirda tuman adliya bo’limi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.
Tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 30 nafardan ortiq aholiga sayyor xizmatlar ko'rsatildi.
80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan sayyor qabulda,11 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olinib,40 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi,
Bundan tashqari, mazkur tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori, PQ-133-sonli qarori mazmun-mohiyati, "Korrupsiya" jinoyati va "Firibgarlik" jinoyati va uning oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.
Aholini qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy tushuntirishlar berish bilan bir qatorda, ayrim masalalar sifatli va qonuniy hal etishlik uchun “Mahalla.adliya.uz” platformasi orqali murojaat sifatida bo'lim ish yurituviga olindi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi