Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

72 yillik muammo o'z yechimini topdi

Yakkabog' tumanida yashovchi, 1951 yilda tumanning "Ayg'irko'l" mahallasida tug'ilgan fuqaro Bozorov Abdimo'min bobo so'nggi uch yil mobaynida turli idoralarda – notarial organlar, davlat xizmatlari markazi hamda soliq qo'mitasida turli muammolarga duch kelgan.

Ushbu muammolarga asosiy sabab – boboning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi FHDY yagona elektron arxivida mavjud emasligi bo'lgan. Bu esa bir qator huquqiy masalalarni hal etishda to'siq bo'lgan.

Fuqaroning tug'ilganlik haqidagi guvohnomani tiklash maqsadida FHDY bo'limiga murojaat qilgan. Mazkur murojaat asosida tuman FHDY bo'limi xodimlari viloyat arxivi bilan hamkorlikda arxiv tekshiruvi o'tkazishgan. Afsuski, tuman va viloyat arxivlarida tug'ilishga oid hech qanday dalolatnoma qayd etilmagan.

Shundan so'ng belgilangan tartibda Abdimo'min boboning tug'ilganligi birinchi marta rasmiy tarzda qayd etildi va unga tug'ilganlik haqida guvohnoma taqdim etildi.