Янгиликлар
16
Adliya xabari
#adliya_xabari
Yana bir ijobiy natija: 60 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!
Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
Bugun bo'lib o'tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 60 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.
Hududlar kesimida:
????Kasbi tumani — 8 nafar
????Qamashi tumani — 10 nafar
????Dehqonobod tumani — 8 nafar
????Qarshi tumani — 9 nafar
????Qarshi shahar — 2 nafar
????Nishon tumani — 4 nafar
????Gʻuzor tumani — 7 nafar
????Ko‘kdala tumani — 6 nafar
????Shahrisabz shahar — 2 nafar
????Koson tumani — 4 nafar
✔️ Endilikda ushbu fuqarolar o‘z turar joylari va yer uchastkalari ustidan qonuniy egalik huquqlariga ega bo‘lib, ular ustidan erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.