Янгиликлар
19
Adliya xabari
O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumanida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini o'rgandi.
Adliya vaziri Qarshi tumanida adliya bo'limi faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida aholi yashashi uchun birlamchi minimal standartlarga rioya etilishi holati bilan tanishdi.
Xususan Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan 5 500 ta xonadonlar muammosi o'rganilib, 5498 ta huquqiy muammolar aniqlandi. Shundan, 5411 nafar fuqarolarning muammosi adliya ko'magida hal etildi.
Shundan so'ng , YXKM faoliyati bilan ham tanishilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va sohani takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.