Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

ADLIYA VAZIRI QASHQADDARYODA




ADLIYA VAZIRI QASHQADARYODA

Adliya vaziri Qashqadaryoga  xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan  Davlat rahbarining 2024 - yil 24 - maydagi PF-80-son Farmoni va 2025- yil 3 - yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimoti  bilan hamda  situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishdi.

Shtabda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini  real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi.

Shuningdek, situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.