Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

F. Dostoyevskiyning mashhur “Jinoyat va jazo” asari tarjimasiga bo’lgan mualliflik huquqi himoya qilindi.


Muallif Ibrohim G'afurov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan “Jinoyat va jazo” asarini nashr etish huquqi shartnoma bo'yicha "Dunyo nashr" nashriyotiga tegishlidir.

Adliya vazirligi tomonidan “Jinoyat va jazo” asarining o’zbek tilidagi tarjimasi “T.S” hamda “P.E” MChJlar tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan 4000 adadda nashr etilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar chiqarildi.

Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik  huquqingiz buzilganda  Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!