Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

YOSH SHIFOKORLARNING USTAMA PULLARI UNDIRIB BERILDI


Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan uch nafar salohiyatli yosh shifokor adolat izlab, Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi. Ular o‘z murojaatlarida, qonun bilan belgilangan maxsus ustamalar – yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar – ularga berilmayotganini ma’lum qilishdi.

Adliya bo‘limi bu murojaatni befarq qoldirmadi. Mavjud huquqiy asoslar sinchkovlik bilan o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasining bunday harakati noo‘rin va qonunga zid ekani aniqlandi. Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Biroq, birinchi instansiya sudi yosh shifokorlarning haqiqatga to‘la da’vosini rad etdi.

Shunga qaramay, adolat yo‘lida kurash to‘xtamadi. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi ushbu masalada kassatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Va nihoyat, 2025-yil 28-may kuni Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan adolat qaror topdi – birinchi instansiya sudining asossiz qarori bekor qilinib, uch nafar salohiyatli yosh shifokorning foydasiga jami 22 million so‘m miqdoridagi maxsus ustama mablag‘larini undirish haqida qaror chiqarildi.