Янгиликлар
06
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida adliya organlari faoliyati o‘rganildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida adliya organlari faoliyati o‘rganildi.
Dastlab, viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni va 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi.
Shuningdek, o‘rganishda asosiy e'tibor adliya bo’limlari, FHDY organlari, YXKM hamda DXMlarga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, huquqiy mahalla doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa holatlar yuzasidan muloqot qilindi.
Xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularni rozi qilish masalalari alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan hududda huquqni qo'llash amaliyotidagi muammolar o'rganilib, kelgusida mazkur holatlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish belgilab olindi.