Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O'zimiz Keldik


“Raqamli kelajak sari birinchi qadam” – bitiruvchilar ERI va Mobil-ID tizimiga ulanmoqda

Bugun Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari Varganza MFYda joylashgan 94-sonli maktabga tashrif buyurib, yuqori sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga elektron hukumat, davlat xizmatlarining raqamlashtirilgan shakli va ularning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi. Mustaqil hayot yoqasida turgan yoshlar uchun bu bilimlar ayni muddao bo‘ldi.

Uchrashuv davomida 30 dan ortiq o‘quvchiga Elektron raqamli imzo (ERI) berildi, 15 nafarga yaqin bitiruvchi esa Mobil-ID tizimi orqali muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish va ularni elektron xizmatlardan foydalanishga o‘rgatish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.