Янгиликлар
04
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi
Yakkabogʻ tuman Istiqlol MFY “Jamolota” qishlogʻida yashovchi bir oila 20 yillik birga yashashdan soʻng rasman nikohdan oʻtdi — bu insoniylik, sabr, muhabbat va qadriyatlarning yorqin namunasi boʻldi.
Toshmurod Mo'minov hamda Mohichehra Norovalar 20 yil davomida birga turmush qurib, farzandlar voyaga yetkazgan, biroq shu kungacha rasmiy nikoh hujjatiga ega emas edi. Endi esa, 20 yillik hayotiy tajriba va sadoqatdan soʻng, ular rasman oilaviy huquqiy maqomga ega boʻlishdi — bu nafaqat huquqiy jihatdan, balki jamiyat va farzandlar oldida ham masʼuliyatli qadamdir.
Ushbu voqea boshqa oilalar uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin — sevgi va sadoqat bilan birga huquqiy tartib-intizom ham muhim ekani eslatib turadi.