Янгиликлар
21
IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI
“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”
Joriy yilning 21 - may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi hamda Adminstratsiya bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” elektron tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida ZOOM platformasi orqali seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni bilan mamlakatimizda ijro intizomini mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishning yagona va uzluksiz tizimi yaratilgan.