Янгиликлар
19
ADLIYA ARALASHGACH MTM DIREKTORINING HUQUQLARI TIKLANDI
G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan G‘uzor tuman Tinchlik yashovchi 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Z.Parmonova 01.05.2024-yildan 01.02.2025-yilga qadar ishlagan davridagi ish haqlari 04.02.2025-yilga qadar to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yozgan arizasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 6-sentyabrgi buyrug‘i bilan 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga tayinlangan.
Biroq, G‘uzor tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobxonasi tomonidan Z.Parmonovaga 01.05.2024-yildan 01.02.2025-yilga qadar ishlagan davri uchun 15 462 000 so‘m oylik ish haqi to‘lab berilmaganligi aniqlanib, G‘uzor tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i nomiga ish haqini to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, G‘uzor tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobxonasi tomonidan Z.Parmonovaga 15 462 000 so‘m ish haqi to‘lab berildi.