Янгиликлар
16
adliya xabari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha soha mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
❗️Bugun adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida sudlar, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, advokatlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
❗️ Davra suhbatida sud ekspertizaga doir qonunchilikdagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan yangi ekspertiza turlari va ekspertiza xulosalari sifatini oshirish bo'yicha yangi olingan jihozlar haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida sohadagi mavjud muammolar boʻyicha mutaxassislarning takliflari tinglandi.