Янгиликлар
13
FUQARO FOYDASIGA 26 978 000 SO'M ISH HAQQI UNDIRILDI
#adliya_aralashgach
FUQARO FOYDASIGA 26 978 000 SO'M ISH HAQQI UNDIRILDI
Yakkabog‘lik Y.Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tizimida bir necha yillar faoliyat olib borgan.
Fuqaro hozirda vaqtincha ishsiz, ishlagan davrda to'lanmay qolgan ish haqqini olish uchun tashkilotga bir necha marta murojaat qildi.
Ulardan hech qanday javob bo'lmagach Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishga majbur bo'ldi.
Adliya boshqarmasi tomonidan murojaat yuzasidan fuqaro Y.Jumayev manfaatini ko‘zlab javobgar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro Y.Jumayev foydasiga 26 978 000 so‘m ish haqlari va ma’naviy zarar undirish belgilangan va murojaat qanoatlantirildi.
|