Янгиликлар
08
ADLIYA MAHALLADA
''ADLIYA MAHALLADA''
"Adliya kuni" tadbirlari doirasida Yakkabog‘ tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi "Do'stlik" MFY hamda tumandagi 42, 48, 75-maktablarda aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan mahalla aholisinining firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" shiori ostida ularni bu kabi jinoyatlarni yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogoh qilish hamda ulardan himoyalash bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi va va ushbu mahallalarda ADLIYA BURCHAGI tashkil qilindi.