Янгиликлар
07
ADLIYA MAHALLADA
#ADLIYA_YOSHLAR
Tuman shahar adliya bo'limi YXKM hamda "MADAD"NNT mas'ul xodimlari ishtirokida tumanning maktab bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida xodimlar tomonidan ushbu umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari bilan darsdan tashqari “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida, “Adliya – yoshlar tayanchi, sen huquqingni bilasanmi, kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, bepul yuridik xizmat olish huquqlari va tartiblari” mavzulari qamrab olindi.
Shuningdek, PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan ushbu umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarni yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogoh qilish hamda ulardan himoyalash bo‘yicha ma'lumotlar berildi.