Янгиликлар
03
OILA MUSTAHKAMLIGI UCHUN BARCHA MAS’UL
OILA MUSTAHKAMLIGI UCHUN BARCHA MAS’UL
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qaroriga asosan tuman va shaharlarda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bugun Qarshi shahar nikoh uyida Respublika ishchi guruhi(Adminstratsiya), Oliy sud, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, adliya vazirligi mas’ullari, viloyat hokimligi va prokuratura vakillari ishtirokida "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish, nikohga tayyorlash va ajrimni oldini olish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Markazlarning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etishdagi o'ziga xos o'rni hamda ahamiyati tushuntirilib, joylarda Markaz foliyatini yanada rivojlantirish haqida ham batafsil tushuntirib o’tildi.