Янгиликлар
02
O'ZIMIZ KELDIK
O'ZIMIZ KELDIK
Joriy yilning 2 - may kuni viloyat markazidan 160 km uzoqlikdagi, tog'li hudud hisoblangan Kitob tumanining olis hududidagi "Bashir" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Kitob tumani Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo'limi xodimlari tomonidan "Bashir" MFYda o'tkazilgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning 20 nafarini murojaatlari o‘rganildi.
Qabulda onlayn davlat xizmatlari va uy-joy, kommunal soha, tadbirkorlik sohasi, moddiy yordam olish, bolalar nafaqasi, pensiya va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
4 ta masala joyida hal qilingan bo‘lsa, 10 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 15 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tarzda ko'rsatildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha mahallardagi “yettilik” xodimariga metodik yordam ko‘rsatish va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi.
Prezidentimizning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.