Янгиликлар
01
ADLIYA SIZNI ESHITADI!
ADLIYA SIZNI ESHITADI!
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy ravishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanib kelinadi. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Kasbi tuman xalq qabulxonasida boʻlib oʻtdi.
Muloqotlar davomida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari A.Isoqov , Kasbi tuman hokimligi mas'ullari, davlat kadastrlar palatasi Kasbi tuman filiali, tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda mutasaddi tashkilotlar fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 50 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.
Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi hamda 30 ta murojaat ish yurituviga olindi.