Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

“FUQAROLAR BILAN MULOQOT, YOSHLARGA HUQUQIY BILIM”


“FUQAROLAR BILAN MULOQOT, YOSHLARGA HUQUQIY BILIM”

Kitob tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari Lazizjon Sagdullayev, Muzaffar Rizaqulov va Salohiddinova Bibixadichalar tomonidan Varganza, Sharq Yulduzi va Ali Qushchi mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida mavjud muammolar o’rganilib “Huquqiy mahalla” doirasida mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.

Shuningdek, Varganza mahallasidagi 53-maktab va Ali Qushchi mahallasidagi  3-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarga my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida batafsil ma’lumot berilib, portal orqali davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi, uning afzalliklari va qulayliklari tushuntirildi.

Bunday uchrashuvlar aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongini oshirishga va raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.