Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

37 Yildan So‘ng Nikohdan O‘tish — Haqiqiy Muhabbat va Sadoqat timsoli


#adliya_aksiya

37 Yildan So‘ng Nikohdan O‘tish — Haqiqiy Muhabbat va Sadoqat timsoli

Inson hayotida muhabbat, sadoqat va bag‘rikenglik kabi tushunchalar vaqt va sinovlar bilan yanada teranlashadi. Har bir juftlikning o‘ziga xos hayotiy yo‘li, quvonchi va sinovlari bo‘ladi. Ba'zilar bir-birini sevib, yoshlikda turmush quradi, ba'zilar esa turmushda yillar davomida birga bo‘lib, rasman nikohdan o‘tmagan bo‘lsa-da, o‘zaro hurmat va sadoqatda yashaydi.

Shunday insonlar ham bor mana ular Arabovlar oilasi Nishon tumanida yashovchi oila 37 yil birga yashab, so'ngra rasman nikohdan o'tishdi.

37 yil — bu bir inson umrining yarmi. Bu yillar davomida har xil holatlar yuz beradi: baxtli damlar, og‘ir kunlar, sog‘lik, kasallik, kamlik-yetishmovchilik. Ammo bu insonlar bir-biriga bo‘lgan sadoqat, hurmat va muhabbatni yo‘qotmagan, aksincha, uni yillar davomida mustahkamlab borishgan.