Янгиликлар
29
HUQUQIY MAHALLA
HUQUQIY MAHALLA
Koson tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari va FHDY xodimlari tomonidan "Saripul" hamda "Mesit" mahallasida huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida qonunchilik va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .
Bundan tashqari uyma - uy yurib aholi xonadonlarida muammolarini oʻrganish olib borilib,belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, shuningdek, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan tushuntirish berilib, oʻrganish talab etiladigan murojaatlar kirim qilindi.