Янгиликлар
20
SEMINAR
#adliya_xabari
“Yuridik yordam axborot” tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediyatsiya boshqarmasi boshlig‘i Hatamov Ma’sum Xayrulloyevich ishtirok etib, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud organlari tomonidan so‘rov yuborish, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomasi mavjud advokatlar tomonidan so‘rovni qabul qilish jarayoni, tergov yoki sud ishida ishtirok etgan advokatlarga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, seminarda Qashqadaryo viloyat jinoyat sudi, viloyat prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirok etishdi.
Seminar jarayonida davlat hisobidan advokat bilan ta’minlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari xususida so‘z bordi.