Янгиликлар
11
E'TIROF
#adliya_xabari
“O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun fuqarolarimizni qiynab kelayotgan ko'p yillik muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan viloyatimizda jami 18 nafar (Nishon tumanidan 14 nafar, Chiroqchi tumanidan 3 nafar, G'uzor tumanidan 1 nafar) fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etildi.
Bugun mazkur jarayonning dastlabki ishtirokchilari bo'lgan ya'ni o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etilgan fuqarolarga viloyat hokimligida kadastr hujjatlari tantanali ravishda topshirildi.
Unda viloyat hokimi M.Azimov, Adliya vaziri o'rinbosari A.Karimov, mutasaddi tashkilotlar, fuqarolar hamda OAVlar ishtirok etishdi.
Birgina viloyatimizning o'zida egalik huquqini e'tirof etish tartibi amaliyotga joriy etilishi ntijasida 2024-2025 yillarda 155 mingga yaqin uy-joy va boshqa turdagi inshootlarga egalik huquqi berilishi rejalashtirilgan.