Янгиликлар
08
HUQUQIY MAHALLA DOIRASIDA QASHQADARYODA 47 MINGDAN ORTIQ FUQAROLARNING MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI
#adliya_hudud
HUQUQIY MAHALLA DOIRASIDA QASHQADARYODA 47 MINGDAN ORTIQ FUQAROLARNING MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI
Qashqadaryo viloyatining Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy mummolari aniqlanib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida jami 14 465 mingta xonadonlar bo'lib, shundan 13 780 tasida adliya bo'limlari tomonidan o'rganishlar olib borildi.
Joriy yilning 3 oyi davomida 48 672 ta aholining huquqiy muammolari aniqlanib, shundan 47 045 tasi ijobiy hal etildi.
Shuningdek, fuqarolarga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni yuzasidan manzilli targ‘ibotlar tashkil etilib, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlari, mehnat huquqi, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tartiblar tushuntirilib borilmoqda.