Янгиликлар
16
Vazir o'rinbosari Qashqadaryoda
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o’rinbosari Qarshi shahridagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni o’rganmoqda
Adliya vaziri o’rinbosari A.Karimov tomonidan Qarshi shahridagi "Aral" mahallasidagi “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganishda davom etmoqda.
"Aral" mahalla aholisi 2 402 nafar bo'lib , ishsizlar 59 ta va kam ta'minlangan , ehtiyojmand oilalar 15 nafarni tashkil etadi.
Ushbu mahallada yashovchi fuqaro Gulxayo Sultanova 3,500 mln subsidiya olib guzallik salonida ish boshladi.Hozirda oilasiga yaxshigina daromad olib kelmoqda.
Shuningdek, Abbos Rustamovga Ijtimoiy xodim tomonidan sog'ligini tiklash uchun 5 mln so'm ajratilib, 2 nafar farzandi hayriya sunnat to'yiga qo'shib o'tkazib berildi.
Ayoli Mahbuba Qulmurodova Monomarkazda o'qitilib, tikuv mashinasi olib berildi.
Vazir o'rinbosari uchrashuv davomida fuqarolar va mahalla yettiligi bilan uchrashib suhbatlashdi, sohaga oid qonunchilik to’g’risida tushuntirishlar berdi,ularni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob berdi.