Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi


Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi

Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hamda  tuman FHDY bo'limi tomonidan "Oʻzbekiston" va "Obod" MFYlarda  yashovchi fuqarolarga sayyor qabul tashkil qilindi.

 Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o'rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va uyma-uy yurgan holda huquqiy muammolari bo’yicha mahalla.adliya.uz platformasiga ijro uchun kiritildi.

Shu kuni voyaga yetmagan va tarbiyasi og‘ir yoshlar, probatsiya hisobidagi shaxslar hamda xotin-qizlarga qonun bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.